platina.uz
Sport

34 yillik orzu – mundial. 3-taym, 4-son

Bir gal hakamlar, bir safar futbolchilar, yana birida murabbiylar xatolari sabab JCh orzusi ortga surilaverdi. Biroq Oʻzbekiston ana shu xatolar bilan birga raqibni yanchishni oʻrgandi.

JCh-2026 Osiyo saralashi soʻnggi turida Oʻzbekiston Toshkentda Qatar termasini magʻlubiyatga uchratdi.

Terma jamoamiz eng yorqin oʻyinlaridan birini namoyish etdi. Turgʻunboyev, Shomurodov va Sergeyevning gollari esa bayram bezagiga aylandi.

JCh-2026, Osiyo saralashi

Oʻzbekiston - Qatar 3:0

Gollar: Turgʻunboyev 28, Shomurodov 86, Sergeyev 90+2


Bilasizlarmi, tarixiy voqealarning buyukligi biroz keyin bilinib qoladi. Tarix hamisha mushakbozlik va karnay-surnay sadolari ostida boshlanmaydi. Masalan, futbol muxlislarimiz uchun mundialga yoʻllanmaga eltgan oxirgi va asosiy nuqta – BAAdagi oʻyinga borish koʻngilni xira qiluvchi muammolar bilan boshlangandi.

Mezbon davlat huquqni himoya qilish idoralari futbolchilarimizni muxlislar qoʻllab-quvvatlovidan mahrum qilishmoqchi boʻlishdi, har holda, BAAga borgan oʻzbekistonliklarga oʻta keskin va qoʻpol munosabat kuzatildi.

Ammo bu harakatlar Oʻzbekistonni jahon chempionati yoʻlidagi shahdam qadamidan qaytara olmadi. Batafsil yuqoridagi videoda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid