Samarqand viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Ushbu lavozimda ishlab kelgan Bahodir Qodirov boshqa ishga oʻtgan.

Samarqand viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Karimov Bobur Boturovich Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
Bobur Karimov 1991 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Ayni paytga qadar ushbu lavozimda ishlab kelgan Bahodir Rahimovich Qodirov boshqa ishga oʻtgan.