platina.uz
Sport

Ronaldu Yamalga qarshi: Portugaliya Millatlar ligasida gʻolib chiqdi

Jangovar durang bilan tugagan oʻyinda omad portugaliyaliklarga kulib boqdi. 

Ronaldu Yamalga qarshi: Portugaliya Millatlar ligasida gʻolib chiqdi

Portugaliya termasi Millatlar ligasi turnirida gʻolib chiqdi.

Myunxen shahrida (Germaniya) "Allianz Arena" stadionida Millatlar ligasining final uchrashuvi boʻlib oʻtdi va unda Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari toʻqnash keldi.

Asosiy vaqtda jamoalar gʻolibni aniqlay olishmadi – 2:2. Portugaliyaliklar safida Nuno Mendes (20-daqiqa) va Krishtianu Ronaldu (61-), Ispaniya terma jamoasi safida esa Martin Zubimendi (21) va Mikel Oyarzabal (45) gol urishdi.

Qoʻshimcha ikkita taymda ham gol urilmadi va oʻyindan keyingi penaltilar seriyasida portugaliyaliklar gʻalaba qozonishdi - 5:3.

Shu tariqa Portugaliya terma jamoasi ikkinchi marta Millatlar ligasida gʻolib chiqdi. Portugaliya 2019 yilda ham ushbu sovrinni yutgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid