platina.uz
Siyosat

Prezident AQShning yirik korporatsiyalari rahbarlari bilan uchrashdi

Uchrashuvda "Boeing", "FLS", "Visa", "NASDAQ", "Air Products", "Franklin Templeton", "Morgan Stanley", "Coca-Cola" boshqa kompaniyalar yetakchilari qatnashdi. 

Prezident AQShning yirik korporatsiyalari rahbarlari bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni, Toshkent xalqaro investitsiya forumi arafasida Amerika Qoʻshma Shtatlarining yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda AQSh Davlat kotibi yordamchisi Erik Meyer, Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi vitse-prezidenti Brez Betani, shuningdek, "Boeing", "FLS", "Visa", "NASDAQ", "Air Products", "Franklin Templeton", "Morgan Stanley", "Coca-Cola" va boshqa koʻplab korporatsiyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari ushbu uchrashuv Amerika biznesida Oʻzbekistondagi faoliyatni kengaytirishga qiziqish ortib borayotganidan dalolat ekanini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Investitsion va innovatsion hamkorlik istiqbollariga, strategik ahamiyatga ega materiallarni oʻzlashtirish va qayta ishlash, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar, transport va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa sohalarda aniq loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

AQShning yetakchi kompaniyalari rahbarlari investorlarning samarali faoliyatiga yaratilayotgan qulay sharoitlar uchun Oʻzbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, oʻzlarining aniq taklif va rejalarini bayon qildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid