platina.uz
Jamiyat

"Vagner" safida jang qilgan oʻzbekistonlik besh yilga qamaldi

Mamlakat qonunlariga koʻra, xorijiy harbiy tuzilmalarga yollanganlar 10 yilgacha qamalishi mumkin. 

"Vagner" safida jang qilgan oʻzbekistonlik besh yilga qamaldi

Oʻzbekiston fuqarosi yollanma askar boʻlib xorijda jang qilgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etildi.

U Rossiyaning "Vagner" harbiy shirkatida xizmat qilgan, deb yozadi “TASS” ish materiallariga asoslanib.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, 2021 yil iyul oyida erkak pul ishlash maqsadida Samara viloyatiga joʻnab ketgan. 2022 yil noyabr oyida u "Vagner" safiga qoʻshildi, Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashdi.

2024 yil oktabr oyida u vataniga qaytib keldi va hibsga olingan. Uning telefonida jangovar harakatlarda qatnashganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar topilgan.

Sud 25 yoshli yigitni Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi (yollanish) bilan aybdor deb topdi.

Ushbu moddaga koʻra, unga respublikada 10 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Yanvar oyida sud urushga qatnashgan boshqa bir fuqaroni toʻrt yilu ikki oyga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilgan.

Shuningdek, u Rossiya-Ukraina mojarosida qatnashgani uchun yollanma moddasi boʻyicha ham aybdor deb topildi. Ayblanuvchi Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid