Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov vafot etdi
U 2002 yilda “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni, 1996 yilda esa “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan edi.

Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov vafot etdi.
6 iyun kuni Oliy Majlis Senati aʼzosi, Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov vafot etdi.
Azim Latipov — Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tugʻilgan, butun umrini qishloq xoʻjaligi va xalq xizmatiga bagʻishlagan. U 2002 yilda “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni, 1996 yilda esa “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Senator sifatida mahalliy muammolarni respublika darajasiga koʻtarib, ularni hal etishda faol ishtirok etgan.