platina.uz
Madaniyat

“Boʻzatov FEST”ning 2025 yilgi gʻoliblari maʼlum boʻldi

Yoshlar ishlari agentligi va hamkor tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan ushbu tanlov barcha hududlardan yosh isteʼdod egalarini kashf etib, ularni munosib ragʻbatlantiradigan, mukofot jamgʻarmasi eng katta qiymatga ega brend loyihalardan biri hisoblanadi.

“Boʻzatov FEST”ning 2025 yilgi gʻoliblari maʼlum boʻldi

2025 yilgi mavsum haqida

Davlat rahbarining yoshlar salohiyatini yuzaga chiqarish boʻyicha tashabbusi asosida yoʻlga qoʻyilgan “Yoshlar ovozi” – Boʻzatov FEST tanlovining 2025 yilgi respublika bosqichiga 3 iyun kuni Toshkent shahrida start berildi.

Tanlov 7 iyun kuni yakuniga yetdi. Bunda har bir ishtirokchi sanʼatga boʻlgan yondashuvi, sahna madaniyati va ijodiy salohiyati bilan hakamlar va tomoshabinlar eʼtiborini qozonishga harakat qildi.

“Boʻzatov FEST”ning 2025 yilgi gʻoliblari

Baxshichilik yoʻnalishi

Baxshichilik yoʻnalishi gʻoliblari

10-15 yosh toifasi:

  • 1-oʻrin Soatov Muhammadali Zafar oʻgʻli (Toshkent shahri) — 50 million soʻm pul mukofoti;
  • 2-oʻrin Xoʻjamurodov Shohjahon Odil oʻgʻli (Surxondaryo viloyati) — 30 million soʻm pul mukofoti;
  • 3-oʻrin Toshmurodov Doniyor Dostonbek oʻgʻli (Surxondaryo viloyati) — 20 million soʻm pul mukofoti.

16-22 yosh toifasi:

  • 1-oʻrin Sabirov Baxitjan Muxtarovich (Navoiy viloyati) — 50 million soʻm pul mukofoti;
  • 2-oʻrin Qodirov Suxrobbek Ollobergan oʻgʻli (Toshkent shahri) — 30 million soʻm pul mukofoti;
  • 3-oʻrin Gulboyev Samandar Sherqobilovich (Andijon viloyati) — 20 million soʻm pul mukofoti;
  • 3-oʻrin Eliubayeva Zulxumar Raximovna (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) — 20 million soʻm pul mukofoti.

23-30 yosh toifasi:

  • 1-oʻrin Nuraliyev Farrux Botir oʻgʻli (Surxondaryo viloyati) — 50 million soʻm pul mukofoti;
  • 2-oʻrin Yusubov Boburbek Shadlik oʻgʻli (Xorazm viloyati) — 30 million soʻm pul mukofoti;
  • 3-oʻrin Abdullayev Usmonjon Jumyoz oʻgʻli (Toshkent shahri) — 20 million soʻm pul mukofoti.

Opera yoʻnalishi

Opera yoʻnalishi gʻoliblari

10-15 yosh toifasi:

  • 1-oʻrin Abduraimova Sadoqat Jamshidovna (Surxondaryo viloyati) — 50 million soʻm pul mukofoti;
  • 2-oʻrin Gʻofirov Yashnarbek Nodirjon oʻgʻli (Qashqadaryo viloyati) — 30 million soʻm pul mukofoti;
  • 3-oʻrin Mirzaqandov Muhammadmirzo Isroiljon oʻgʻli (Fargʻona viloyati) — 20 million soʻm pul mukofoti.

16-22 yosh toifasi:

  • 1-oʻrin Asrayeva Jasmina Sherzod qizi (Samarqand viloyati) — 50 million soʻm pul mukofoti;
  • 2-oʻrin Abduraximova Robiya (Namangan viloyati) — 30 million soʻm pul mukofoti;
  • 3-oʻrin Hayitmurodov Elbek Erkin oʻgʻli (Surxondaryo viloyati) — 20 million soʻm pul mukofoti.

23-30 yosh toifasi:

  • 1-oʻrin Piyazov Aqilbek Burkit oʻgʻli (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) — 50 million soʻm pul mukofoti;
  • 2-oʻrin Muhammadiyeva Madinaxon Odiljon qizi (Namangan viloyati) — 30 million soʻm pul mukofoti;
  • 3-oʻrin Abdimavlonov Ziyodbek Nurali oʻgʻli (Toshkent viloyati) — 20 million soʻm pul mukofoti.

Estrada yoʻnalishi

Estrada yoʻnalishi gʻoliblari

10-15 yosh toifasi:

  • 1-oʻrin Urakova Asemay Muratovna (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) — 50 million soʻm pul mukofoti;
  • 2-oʻrin Abyazova Yasmina Ilyasovna (Toshkent viloyati) — 30 million soʻm pul mukofoti;
  • 3-oʻrin Abduvaliyeva Kumush Xusniddin qizi (Navoiy viloyati) — 20 million soʻm pul mukofoti.

16-22 yosh toifasi:

  • 1-oʻrin Aminbayev Qodirbergan (Xorazm viloyati) — 50 million soʻm pul mukofoti;
  • 2-oʻrin Djalolova Farangiz Solijon qizi (Toshkent viloyati) — 30 million soʻm pul mukofoti;
  • 3-oʻrin Ikromov Boburjon Ixtiyorjon oʻgʻli (Andijon viloyati) — 20 million soʻm pul mukofoti.

23-30 yosh toifasi:

  • 2-oʻrin Ahmedov Qaytmasbek Orif oʻgʻli (Qashqadaryo viloyati) — 30 million soʻm pul mukofoti;
  • 3-oʻrin Maxamadjanova Navroʻza Shavkat qizi (Toshkent viloyati) — 20 million soʻm pul mukofoti.

Anʼanaviy ijro yoʻnalishi

Anʼanaviy ijro yoʻnalishi gʻoliblari

10-15 yosh toifasi:

  • 1-oʻrin Soatova Zilola Zafar qizi (Toshkent shahri) — 50 million soʻm pul mukofoti;
  • 2-oʻrin Axmedov Murodbek Bobir oʻgʻli (Buxoro viloyati) — 30 million soʻm pul mukofoti;
  • 3-oʻrin Akmalov Avazxoʻja Umid oʻgʻli (Toshkent viloyati) — 20 million soʻm pul mukofoti.

16-22 yosh toifasi:

  • 1-oʻrin Xudoyorov Maʼruf Aliyor oʻgʻli (Jizzax viloyati) — 50 million soʻm pul mukofoti;
  • 2-oʻrin Narzullayeva Durdona Panji qizi (Qashqadaryo viloyati) — 30 million soʻm pul mukofoti;
  • 3-oʻrin Tolibjonov Elyor Dilmurod oʻgʻli (Toshkent viloyati) — 20 million soʻm pul mukofoti;

23-30 yosh toifasi:

  • 1-oʻrin Bazarov Inoyat Shavkatovich (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) — 50 million soʻm pul mukofoti;
  • 2-oʻrin Zokirjonov Xotamjon Xamidjon oʻgʻli (Andijon viloyati) — 30 million soʻm pul mukofoti;
  • 3-oʻrin Mardonov Sherzod Toshpulat oʻgʻli (Navoiy viloyati) — 20 million soʻm pul mukofoti.

Shuningdek, respublika bosqichda ishtirok ishtirokchilarning barchasi 10 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Tanlovda quvonch koʻz yoshlari

Loyiha tarixi

2019 yil Qoraqalpogʻiston Respublikasida Boʻzatov tumani tashkil etilgan. 2020 yil esa Prezident Shavkat Mirziyoyev qoraqalpogʻistonlik yoshlar bilan muloqot chogʻida yosh isteʼdod egalari mana shu goʻzal maskanga kelib, tumanning obroʻsini va dovrugʻini butun dunyoga tanitish uchun “Yoshlar ovozi” – Boʻzatov FEST tanlovini oʻtkazish tashabbusini ilgari surgandi.

Davlat rahbarining tashabbusidan soʻng, 2021 yildan boshlab Yoshlar ishlari agentligi va hamkor tashkilotlar ushbu tanlovni oʻtkazishi anʼanaga aylandi. Tanlov baxshchilik, anʼanaviy ijro, opera va estrada yoʻnalishlari boʻyicha mahalladan boshlanib, sektor, tuman, viloyat va respublika bosqichlarida 3 ta yosh toifasida (10-15 yosh, 16-22 yosh, 23-30 yosh) oʻtkaziladi.

“Yoshlar ovozi” – Boʻzatov FEST’ning 2024 yilgi mavsumidan

“Boʻzatov FEST” yulduzlari

Tanlov koʻplab yosh istaʼdod egalarini kashf etmoqda. Ulardan biri – Otabek Nazirovdir. U tanlovning 2024 yilgi mavsumida 23-30 yosh toifasi boʻyicha opera yoʻnalishida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan.

Otabek Nazirov

2025 yil 25 yanvar kuni Prezident Farmoniga asosan “Yoshlar ovozi” – Boʻzatov FEST tanlovi gʻolibi Nazirov Otabek Baxadir oʻgʻli “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Tanlovining 2024 yilgi respublika bosqichida 10-15 yosh toifasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan Yasmina Husniddinova Belarusda oʻtkazilgan XXII “VITEBSK–2024” Xalqaro bolalar musiqa tanlovida gran-prini qoʻlga kiritdi.

Boʻzatov festivali gʻolibi Belarusda gran-prini qoʻlga kiritdi
Yasmina Husniddinova

Tanlov kashf etgan isteʼdod egalarining yutuqlari

Tanlovining 2021-2024 yillardagi respublika bosqichi gʻoliblari va ishtirokchilari orasidan “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist” (1 nafar), “Shuhrat” medali bilan (1 nafar), “Kelajak bunyodkori” medali bilan (4 nafar), “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan (1 nafar) va “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti bilan (1 nafar) taqdirlandi. Shuningdek, 6 nafari “Nihol” mukofoti sovrindori, 2 nafari “Yosh ijrochilar” respublika tanlovi sovrindori, 1 nafari “Top Music” loyihasi gʻolibi, 2 nafari “Top Music” loyihasi sovrindori, 6 nafari xalqaro tanlovlarda gʻolib va sovrindor boʻlishdi.

Bu loyiha yoshlarga nima beryapti?

Birinchidan, tanlovning ilk bosqichi butun respublikada mavjud har bitta mahallada oʻtkaziladi. Yaʼni eng chekka hududdagi yosh ham, eng markazdagisi ham eʼtibordan chetda qolmaydi – barcha yigit-qizlar qatnashishiga teng imkoniyat yaratilgan.

Tanlovning 2024 yil Namangan viloyatidagi hududiy bosqichi

Ikkinchidan, munosib ragʻbat. Tanlovda har bir yoʻnalish va yosh toifasida respublika bosqichida 1-oʻringa 50 mln soʻm, 2-oʻringa 30 mln soʻm hamda 3-oʻringa 20 mln soʻm pul mukofoti topshiriladi. Qolgan barcha respublika bosqichi ishtirokchilari esa 10 mln soʻmdan pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

“Yoshlar ovozi” – Boʻzatov FEST’ning 2024 yilgi mavsumidan

Uchinchidan, xalqaro maydonga chiqish koʻprigi vazifasini oʻtayapti. Masalan, “Boʻzatov FEST”da 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan 12 nafar iqtidorli yosh 2023 yil 17-28 may kunlari Italiya davlatida malaka oshirib, “Oʻzbekiston madaniyati” haftaligida konsert dasturlari bilan ishtirok etishdi.

“Bo‘zatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovining gʻoliblari Italiyada!
“Boʻzatov FEST”ning 2022 yilgi mavsum gʻoliblari Italiyada

Toʻrtinchidan, butun Oʻzbekiston oldida shu tanlov orqali oʻz isteʼdodini koʻrsatgan, respublika bosqichida gʻolib boʻlgan yoshlardan bugungi kunga qadar, 1 nafari “Shuhrat” medali, 3 nafari “Kelajak bunyodkori” medali, 2 nafari “Nihol” mukofoti bilan taqdirlandi.

Boʻzatov isteʼdodlarni kashf etadi!

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid