Bir oylik harbiy xizmat toʻlovi oshiriladi
Ushbu toʻlov 8 mln 85 ming soʻmdan 8 mln 897 ming soʻmga koʻtariladi.

Oʻzbekistonda bir oylik harbiy xizmat toʻlovi oshiriladi.
1 avgustdan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 10% ga oshirilib, 1 271 000 soʻm etib belgilandi. Bu asosida safarbarlik chaqiruv rezervi (1 oylik harbiy xizmat) uchun toʻlov ham 8 085 000 soʻmdan — 8 897 000 soʻmga koʻtariladi.
Yillar boʻyicha oʻzgarishlar:
2019 — 4 mln 40 ming soʻm
2020 — 4 mln 755 ming soʻm
2021 — 5 mln 754 ming soʻm
2022 — 6 mln 440 ming soʻm
2023 — 6 mln 860 ming soʻm
2024 — 8 mln 85 ming soʻm
2025 (1 avgustdan) — 8 mln 897 ming soʻm.
Eslatib oʻtamiz, 1 avgustdan Oʻzbekistonda oyliklar oshadi. Avval BHMga bogʻlangan jarimalar ham oshishi haqida yozgandik.
