platina.uz
Jamiyat

Yangi yulduzlar fabrikasi – Bozatov FEST

Festival tizimli ravishda yoʻlga qoʻyilgani eng chekka hududlardagi yashirin isteʼdodlarni kashf etishga ham zamin yaratyapti.

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida Boʻzatov festivalining respublika bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Tanlovda har bir yoʻnalish va yosh toifasida respublika bosqichida 1-oʻringa 50 mln soʻm, 2-oʻringa 30 mln soʻm hamda 3-oʻringa 20 mln soʻm pul mukofoti topshiriladi. Qolgan barcha respublika bosqichi ishtirokchilari esa 10 mln soʻmdan pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

Tanlovning yangi mavsumida yana 36 nafar iqtidor egalari aniqlanadi.

Oʻtgan vaqt davomida tanlovning respublika bosqichi faxrli oʻrinlarni egallagan yoshlar “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist”, “Shuhrat”, “Kelajak bunyodkori” (4 nafar), “Mard oʻgʻlon”, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotlari sovrindorlari, “Nihol” mukofoti va bir qator boshqa respublika hamda xalqaro tanlovlarda gʻoliblikka erishgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid