Shavkat Mirziyoyev milliy terma jamoa aʼzolari bilan gaplashdi
Davlat rahbari oʻz tarixida ilk bor Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan futbolchilarga tabrik yoʻlladi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadzega qoʻngʻiroq qildi.
Davlat rahbari oʻz tarixida ilk bor Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan futbolchilarga tabrik yoʻlladi.
Prezident jamoaning barcha aʼzolariga "Oʻzbekiston iftixori" unvoni berilishini aytdi.
Shuningdek, FIFA prezidenti Janni Infantino ham oʻzbekistonlik futbolchilarni tabrikladi.
Eslatib oʻtamiz, 5 iyun kuni BAA-Oʻzbekiston bahsida hisob ochilmadi. Natijada Oʻzbekiston 18 ochko toʻplab JCh uchun asosiy yoʻllanmani naqd qildi.
Jahon chempionati 2026 yilda AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida boʻlib oʻtadi.




