Navoiy viloyatida chiqindi olib ketish tariflari oshadi
Navoiy shahri va Karmana tumanlari uchun yangi narxlar eʼlon qilindi.

Xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashi qarori bilan chiqindi tariflari oshadi. Qaror 2025 yil 5 iyun kuni qabul qilingan.
Unga koʻra, viloyatning Navoiy shahri va Karmana tumanlari hududlarida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun toʻlov tariflari ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

Navoiy shahrida bir kishi uchun narx QQS bilan 5800 soʻmga yetadi. Karmana shahrida bu miqdor 4950 soʻmni tashkil etadi. Yuridik shaxslar uchun har ikkala hududda narxlar 80 080 soʻmni tashkil etadi.(QQS bilan).
Avvalroq Samarqandda chiqindi tariflari oshgandi.