platina.uz
Biznes

UZTELECOM "Temir daftar"dagilar uchun yangi tarifni taqdim etadi

Qoʻllab-quvvatlash – bu faqat soʻz bilan emas, balki imkon yaratish, arzon aloqa va internet orqali eʼtibor koʻrsatishda namoyon boʻladi, demoqda kompaniya.

UZTELECOM "Temir daftar"dagilar uchun yangi tarifni taqdim etadi

UZTELECOM ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalar – nafaqadagi fuqarolar, nogironligi bor shaxslar hamda "Temir daftar" tizimiga kiritilganlar uchun moʻljallangan yangi "Muruvvat" tarif rejasini ishga tushirdi. Bu tarif nafaqat navbatdagi aloqa xizmati, balki masʼuliyat, hurmat va chin dildan boʻlgan gʻamxoʻrlik natijasidir, demoqda kompaniya.

"Muruvvat" – bu chin dildan koʻrsatilgan eʼtibor, har bir inson uchun muhim boʻlgan aloqa vositalarini arzon va qulay shaklda taqdim etishdir.

"Muruvvat" tarif rejasida nimalar mavjud?

Tarif mazmuni kundalik ehtiyojlar asosida shakllantirilgan va imkon qadar arzonlashtirilgan:

  • Bepul ulanish – tarifga ulanishda hech qanday boshlangʻich toʻlov talab etilmaydi.
  • Oyiga atigi 25 000 soʻm – bu hajmdagi xizmatlar uchun bozordagi eng maqbul narxlardan biri.
  • Oʻzbekiston boʻylab 500 daqiqa – farzandlar, nabiralar, doʻstlar yoki zarur xizmatlar bilan doimiy aloqada boʻlish uchun.
  • 5 GB internet – messenjerlar orqali muloqot qilish, onlayn xizmatlardan foydalanish va yangiliklar bilan tanishish uchun.
  • Tas-IX va Uz-IX tarmoqlarida 10 GB – davlat portallari, taʼlim platformalari, mahalliy videoxostinglar va yangilik saytlariga barqaror kirish imkoniyati.
  • 500 SMS – anʼanaviy yozma muloqotni afzal koʻradiganlar va oddiy tugmali telefon foydalanuvchilari uchun.

Kimlar ulanishi mumkin?

"Muruvvat" tarifini UZTELECOM’ning istalgan ofisida quyidagi hujjatlardan birini taqdim etgan holda rasmiylashtirish mumkin:

  • nafaqa guvohnomasi;
  • nogironlikni tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
  • “Temir daftar” ijtimoiy himoya tizimiga kiritilganlik haqidagi hujjat.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun qisqa raqam 1099 orqali yoki rasmiy veb-saytda – www.uztelecom.uz orqali murojaat qilishingiz mumkin.

UZTELECOM — doim yoningizda boʻlgan operator!

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid