Shavkat Umrzoqov 81,5 mlrd soʻm pul ajratish boʻyicha qaror chiqardi
Mablagʻ kompensatsiya toʻlovlari, piyoda va velosiped yoʻlaklarini qurish, sayilgohlar hamda favvoralar tashkil etishga yoʻnaltiriladi.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovning qarori bilan byudjetdan 81,5 mlrd soʻm ajratiladi. Qaror 2025 yil 4 iyun kuni imzolangan.
Pullar mulkdor va fermer xoʻjaliklari yerlari Toshkent shahar zaxira yer fondiga oʻtkazilganligi munosabati bilan kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish hamda Yangi Oʻzbekiston koʻchasida piyoda va velosiped yoʻlaklarini qurish, sayilgohlar hamda favvoralar tashkil etish, shuningdek, hududda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishga sarflanadi.
Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B. Haydarov zimmasiga yuklangan. U shuningdek, mablagʻlar ijrosi boʻyicha xalq deputatlari shahar kengashiga hisobot kiritadi.
Avvalroq Andijonda 3,2 mlrd ajratilgandi.