Oʻzini ichki ishlar mansabdori deya tanishtirgan advokat qoʻlga olindi
U jazo oʻtayotgan mahkumni boshqa muassasaga koʻchirib berish evaziga 5 ming dollar olayotgan boʻlgan.

Ichki ishlar mansabdori niqobi ostidagi advokat va uning sherigi qoʻlga olindi.
DXX Call-markaziga kelib tushgan murojaat asosida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.
Unda Toshkent shahrida yashovchi, 1980 y.t., muqaddam firibgarlik bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan fuqaro oʻzining sherigi boʻlgan – poytaxtda faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokatini goʻyoki Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamentida yuqori lavozimda ishlovchi shaxs sifatida tanishtirib, u orqali 2024 yilda sud hukmi bilan 8 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, hozirda Buxoro viloyatidagi 1-sonli jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumni Toshkent viloyatidagi 7-sonli JIEMga koʻchirib berish evaziga arizachidan 5 ming AQSh dollari talab qiladi.
Ammo, mazkur shaxslar soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi hamda qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.