platina.uz
Sport

Assalom, mundial! Oʻzbekiston – jahon chempionatida!

Milliy terma jamoa BAAga qarshi oʻyinda kerakli ochkoni qoʻlga kiritib, yangi tarix yaratdi.

Assalom, mundial! Oʻzbekiston – jahon chempionatida!

Futbol boʻyicha jahon chempionati Osiyo qitʼasi saralash bosqichida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safarda BAAga qarshi maydonga tushdi va jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Ushbu oʻyin juda muhim edi. BAA futbolchilari gʻalaba qozonsa, JChga umid uygʻonardi. Oʻzbekistonni esa gʻalaba yo durang ham qoniqtirar edi.

Kutilganidek oʻyinning birinchi boʻlimi teng kurashlar ostida oʻtdi. Amirliklar koʻproq hujum qilishdi. Ammo darvozada Oʻtkir Yusupov ishonchli turdi.

Ikkinchi boʻlimda futbolchilarimiz hujumlari xavfli tus oldi. Ketma-ket zarbalar, golli vaziyatlar soni va sifati oshdi.

Terma jamoamiz kutilmagan jarohat tufayli ikki marta majburiy oʻzgarish qildi. Shu tariqa oʻyinda 0:0 hisobi qayd etildi.

Bu nurli durang Oʻzbekiston terma jamoasini 2026 yilda AQSh, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga olib chiqishga yetarli boʻldi.

JCh-2026, Osiyo 3-saralash bosqichi

BAA - Oʻzbekiston 0:0

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid