platina.uz
Jahon

Qirgʻiziston sobiq prezidentiga 11,5 yil qamoq jazosi belgilandi

Almazbek Atambayev 2011-2017 yillarda mamlakatni boshqargan. 2023 yil u davolanish uchun Ispaniyaga ketgandi. 

Qirgʻiziston sobiq prezidentiga 11,5 yil qamoq jazosi belgilandi

3 iyun kuni Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi sobiq prezident Almazbek Atambayev oid bir necha jinoiy ish boʻyicha hukm eʼlon qildi.

Sud majlisini sudya Aziret Mederov olib bordi.

Sud uchta jinoiy ish: Qoʻy-Tosh qishlogʻidagi yer uchastkalarini noqonuniy egallab olish, noqonuniy boyish va 2019 yilning 7-8-avgust kunlari sodir boʻlgan ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish kabilarni bir ish yurituviga birlashtirgan.

Sudya Mederov maslahat xonasidan chiqib, quyidagi qarorga keldi:

Qoʻy-Tosh voqealari boʻyicha:

- Almazbek Atamboyev mulki musodara qilinib, davlat mukofotlaridan mahrum etilgan holda 11 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi;

- Prezident Administratsiyasining sobiq rahbari Farid Niyozov 7 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum etildi;

- Mamlakat parlamentining sobiq deputati Ravshan Jeenbekov 7 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilindi;

- Parlamentning sobiq deputati Irina Karamushkina 7 yilu 6 oylik qamoq jazosiga;

- Parlamentning sobiq deputati Asel Koduranova 3 yil sinov muddatiga;

- Sobiq deputat Meerbek Miskenboyev 5 yil sinov muddatiga;

- Davlat xavfsizlik qoʻmitasi sobiq xodimi va Atambayevning sobiq qoʻriqchisi Kanat Sagimbayev 5 yillik sinov muddatiga;

- jurnalist va Atambaev tarafdori Qunduz Joldubayeva 5 yillik sinov muddatiga;

- Atambayev tarafdori Farhod Babiyev 5 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi;

- Kanatbek Osqonaliyev 5 yil sinov muddatiga hukm etildi.

Almazbek Atambayev 2011-2017 yillarda mamlakatni boshqargan. U 2023 yil Yevropaga ketgan va hanuz qaytganicha yoʻq.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid