platina.uz
Iqtisod

Andijonda byudjetdan 3,2 mlrd soʻm pul ajratilmoqda

Mablagʻ ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash, maktablar, xodimlarni ragʻbatlantirish va boshqa maqsadlar uchun sarflanadi. 

Andijonda byudjetdan 3,2 mlrd soʻm pul ajratilmoqda

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qarori bilan byudjetdan 3,2 mlrd soʻm pul ajratiladi.

Jumladan:

- Andijon shahar mahalliy byudjetiga Mashrab koʻchasining “NAVRUZ MALL” savdo markazi qismida yoʻlning piyodalar yurish yoʻlakchalarini betonlashtirish uchun qurilish materiallari sotib olish xarajatlariga 450,0 (toʻrt yuz ellik) million soʻm;

- Andijon shahar mahalliy byudjetiga Andijon shahar 55-son umumtaʼlim maktabining eskirgan eshik-romlarini almashtirish xarajatlari uchun 750,0 (yetti yuz ellik) million soʻm;

- Andijon shahar mahalliy byudjetiga ehtiyojmand va moddiy koʻmakka muhtoj oila vakillarini qoʻllab-quvvatlash uchun Andijon shahar hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasiga 20,0 (yigirma) million soʻm;

- Jalaquduq tumani mahalliy byudjetiga obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari uchun 500,0 (besh yuz) million soʻm;

- Baliqchi tumani mahalliy byudjetiga tumandagi Zulfiqor mahalla fuqarolari yigʻini hududiga yangi ministadion qurish ishlariga 500,0 (besh yuz) million soʻm;

- viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasiga viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi – viloyat hokimining oʻrinbosarini ragʻbatlantirish uchun 4 200,0 (toʻrt million ikki yuz) ming soʻm;

- viloyat kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga boshqarma rahbarini ragʻbatlantirish uchun 6,0 (olti) million soʻm;

- Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Andijon viloyati boshqarmasiga boshqarma xodimlarini ragʻbatlantirish uchun 64,0 (oltmish toʻrt) million soʻm;

- viloyat gʻaznachilik xizmati boshqarmasiga boshqarma xodimlarini ragʻbatlantirish uchun 64,0 (oltmish toʻrt) million soʻm;

Umumiy jami 2 358 200,0 (ikki milliard uch yuz ellik sakkiz million ikki yuz) ming soʻm miqdorida mablagʻlar ajratiladi. Hujjat 2025 yil 3 iyun kuni imzolangan.

Pul viloyat byudjetining 2025 yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan ajratiladi.

Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi, gʻaznachilik xizmati esa pullarni yoʻnaltirilish va moliyalashtirishni taʼminlaydi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid