5 iyundan davlat OTMlariga qabul boshlanadi
Qabul jarayonlari my.uzbmb.uz saytida 25 iyungacha boʻlib oʻtadi.

Ertadan davlat OTMlariga qabul boshlanadi.
5 iyun kuni, davlat OTMlarida abituriyentlarga qabul boshlanadi.
Qabul jarayonlari my.uzbmb.uz saytida 25 iyungacha boʻlib oʻtadi.
Eslatma: ertadan boshlab faqat fanlar majmuasi tanlanadi xolos. Yaʼni abituriyent qaysi fandan test topshirishini belgilaydi. Lekin universitet yoki yoʻnalishni tanlamaydi.
Test natijalari toʻliq chiqib boʻlgach, abituriyent oʻzi toʻplagan ballga qarab, keyinchalik qaysi oliygoh va qaysi yoʻnalishni tanlashni oʻzi hal qiladi.
Imtihonlar iyul-avgust oylarida boʻlib oʻtadi.