Samarqandda chiqindi tariflari qimmatlashmoqda
Yangi tariflar bugun, 3 iyundan kuchga kirishi belgilangan.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi qarori bilan chiqindi tariflari oshirilmoqda. Bu haqda 2025 yil 3 iyun kuni eʼlon qilingan hujjatda aytiladi.
Hujjat eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kirishi belgilangan.
Jumladan, Samarqand shahri va Samarqand tumanida maishiy chiqindilarni olib ketish 9500 soʻmga yetdi (bir kishi uchun bir oyda). Yuridik shaxslar uchun 1 tonna chiqindi olib ketish 251 ming soʻm, suyuq chiqindilar esa 119 400 soʻmga yetdi.
Kattaqoʻrgʻon shahri va tumanlar boʻyicha bu narx 8 ming soʻmni tashkil etdi. Yuridik shaxslar uchun 1 tonna chiqindini olib ketish narxi 215 ming soʻm,suyuq chiqindilar uchun 97 400 soʻmni tashkil etdi.

Chiqindi tariflari boʻyicha 2024 yil apreldagi qaror oʻz kuchini yoʻqotgan deya hisoblanadi.