platina.uz
Jamiyat

Ikki qizaloqni qutqargan marhum mukofotlandi

Prezident Abdumannop Samiqovni “Jasorat” medali bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

Ikki qizaloqni qutqargan marhum mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev choʻkayotgan qizlarni qutqargan marhumni mukofotladi.

Shu yil 5 may kuni Toshkentdagi Boʻrijar kanalida qizlarni qutqargan fuqaro halok boʻlgandi.

Yakkasaroy tumanida yashovchi ikki nafar qizaloq kanalga tushib ketdi. Fuqaro Abdumannop Samiqov oʻzini suvga tashlab, norasidalar hayotini saqlab qoldi. Lekin, afsuski, baxtsiz hodisa roʻy berdi – bu ezgulik yoʻlida uning oʻzi qahramonlarcha halok boʻldi.

Davlat rahbari marhumning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi.

Bugun hurmatli Prezident marhum Abdumannop Samiqovni “Jasorat” medali bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

Shuningdek, qizaloqlarni qutqarishda jonbozlik koʻrsatgan “Boʻrijar” sport majmuasi ishchisi Nurmuhammad Mamasaliyev ham “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid