Avgustdan jarimalar miqdori ham oshadi
Himoya kamarini taqmaganlik uchun jarima 206 000 soʻmga yetadi.

Oʻzbekistonda endilikda jarimalar miqdori ham oshadi. Bu ish haqlari oshirilishi va BHM miqdori koʻtarilishi bilan bogʻliq.
“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra, 1 avgustdan boshlab yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar quyidagicha belgilanadi:
- Texnik koʻrik, "aptechka" — 206 ming soʻm (ayni vaqtda 187,5 ming soʻm);
- Xavfsizlik kamarini taqmaslik — 206 ming soʻm (ayni vaqtda 187,5 ming soʻm);
- Hujjatsiz yurish — 412 ming soʻm (ayni vaqtda 375 ming soʻm);
- Sugʻurtasiz haydash — 824 ming soʻm (ayni vaqtda 750 ming soʻm);
- "Qizil" dan oʻtish — 1 mln 236 ming soʻm (ayni vaqtda 750 ming soʻm);
- Notoʻgʻri "parkovka" — 824 ming soʻm (ayni vaqtda 750 ming soʻm);
- Telefonda gaplashish — 1 mln 236 ming soʻm (ayni vaqtda 1 mln 125 ming soʻm);
- Raqamsiz haydash — 2 mln 60 ming soʻm (ayni vaqtda 1 mln 875 ming soʻm);
- Tezlikni oshirish (20 km/s) — 412 ming soʻm (ayni vaqtda 375 ming soʻm);
- Tezlikni oshirish (20-40 km/s) — 2 mln 60 ming soʻm (ayni vaqtda 1 mln 875 ming soʻm);
- Tezlikni oshirish (+40 km/s) —3 mln 708 ming soʻm (ayni vaqtda 3 mln 375 ming soʻm);
- Qarama-qarshi harakatlanish — 4 mln 120 ming soʻm (ayni vaqtda 3 mln 750 ming soʻm);
- Mast holda haydash — 10 mln 300 ming soʻm yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish (ayni vaqtda 9 mln 375 ming soʻm);
- Mastlik tekshiruvidan bosh tortish — 6 mln 180 ming soʻm yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish (ayni vaqtda 5 mln 625 ming soʻm);
- Ruxsatsiz "tonirovka" — 10 mln 300 ming soʻm (ayni vaqtda 9 mln 375 ming soʻm);
- "Tonirovka"dan bir yilda takroran ruxsatsiz foydalanish — 8 mln 240 ming soʻm (ayni vaqtda 7 mln 500 ming soʻm).