Yaponiyada xodimlarini jaziramada ishlatgan kompaniyalar jazolanadi
Oʻtgan yili yuqori harorat sabab 30 kishining oʻlimi qayd etilgan.

Yaponiyada kompaniyalar xodimlarini jaziramada ishlatsa 3500 dollargacha jarimaga tortiladi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Yangi qonun oʻtgan yili yuqori harorat tufayli ish joyida 30 kishining oʻlimi va 1200 ga yaqin jarohatidan keyin qabul qilingan.
Qurbonlarning aksariyati qurilish yoki ishlab chiqarishda ishlagan.
Qonun kompaniyalardan ish joylarida konditsionerdan foydalanishni va kerak boʻlganda shifoxonalarga shoshilinch transportni taʼminlashni talab qiladi. Havoning harorati bir soatdan koʻproq vaqt davomida yoki bir kun ichida toʻrt soat yoki undan koʻproq vaqt davomida 31 darajadan oshadigan ish joylari uchun maxsus choralar talab qilinadi.
Rasmiy xabarlarga koʻra, Yaponiyada 2024 yilda 30 dan oshiq kishi issiqdan vafot etgan.