platina.uz
Jamiyat

Samarqandda elektromontyor pora bilan ushlandi

U savdo doʻkoniga hisoblangan 113 mln soʻmlik qarzdorligini kamaytirib berishni vaʼda qilgani aytilmoqda. 

Samarqandda elektromontyor pora bilan ushlandi

Elektr energiyasidan yuzaga kelgan qarzdorlikni kamaytirib berishni vaʼda qilgan elektromontyor ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda “Energosavdo” Samarqand shahri boʻlimi elektromontyori A.B. fuqaro O.Sh.ning savdo doʻkonida elektr energiyasidagi qoidabuzarligi uchun tuzilgan dalolatnoma boʻyicha hisoblangan 113 mln soʻmlik qarzdorligini kamaytirib berishi evaziga 20 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq Fargʻonada bankirlar ushlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid