Qurbon hayiti namozi vaqtlari eʼlon qilindi
Toshkent shahridagi jome masjidlarda 6 iyun kuni soat 05:10 da hayit namozi oʻqiladi.

Oʻzbekiston jome masjidlarda 2025 yil 6 iyun juma kuni Qurbon hayiti namozi oʻqiladi. Unga koʻra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da Qurbon hayiti namozi oʻqiladi.
Respublika hududlarida Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlarda ado etiladi:
Andijon 05:00
Namangan 05:00
Fargʻona 05:00
Toshkent sh. 05:10
Toshkent v. 05:10
Sirdaryo 05:20
Jizzax 05:20
Samarqand 05:20
Surxondaryo 05:25
Qashqadaryo 05:25
Navoiy 05:30
Buxoro 05:30
Xorazm 05:45
Qoraqalpogʻiston Res. 05:50

Ushbu jadvalda koʻrsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.