platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston boʻylab yirik miqdordagi qalbaki alkogol mahsulotlari aniqlandi

Sergeli tumanida qalbaki aksiz markali 607 dona alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Oʻzbekiston boʻylab yirik miqdordagi qalbaki alkogol mahsulotlari aniqlandi

Qashqadaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahrida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarining savdosi fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda “J.S.” xususiy korxonasi rahbari J.Sh. korxonaga qarashli savdo doʻkonida qalbaki aksiz markali va tegishli hujjatlari boʻlmagan 17 turdagi 737 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Gʻallaorol tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “O.A.” MChJ savdo doʻkoni sotuvchisi N.A. tegishli hujjatlari boʻlmagan va qalbaki aksiz markali 630 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Sergeli tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “T.R.” MChJ rahbari J.A. va sotuvchisi J.K.dan qalbaki aksiz markali 607 dona alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid