platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada bank mansabdorlari va hokim yordamchilari qoʻlga tushdi

Oʻzbekiston tumanida bankir kredit ajratib berish evaziga 10 mln soʻm olayotganda ushlangan. 

Fargʻonada bank mansabdorlari va hokim yordamchilari qoʻlga tushdi

Fargʻonada bank masʼullari va hokim yordamchilarining qingʻir ishlari fosh boʻldi.

Aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning Oʻzbekiston bank xizmatlari markazida ishlovchi mahalla bankiri mazkur markaz boshqaruvchisi oʻrinbosari bilan oʻzaro til biriktirib, 2 nafar fuqaro nomiga 66 mln soʻm kredit ajratib berish evaziga 10 mln. soʻm talab qiladi.

DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mahalla bankiri soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u kredit ajratib berish uchun muqaddam 600 ming soʻm, bank boshqaruvchisi oʻrinbosari esa 920 ming soʻm olganligi aniqlandi.

Shuningdek, “Xalq banki” Oʻzbekiston BXM mansabdor shaxslari, Oʻzbekiston tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi 2 nafar hokim yordamchisi va ulgurji savdoga ixtisoslashgan MChJ rahbari soxta hujjatlar asosida boshqa fuqarolar nomiga 153 mln. soʻm miqdorida maqsadsiz kredit ajratilishiga erishib, ularni naqdlashtirib, talon-toroj qilganliklari ham maʼlum boʻldi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash lozimki, BXM boshqaruvchisi oʻrinbosari 2000 va 2015 yillarda Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan sudlangan boʻlsada, oʻz xatolaridan toʻgʻri xulosa chiqarmagan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid