YeChL. PSJ finalda "Inter"ni tor-mor etdi
Shu tariqa parijliklar oʻz tarixida ilk bor Yevropa chempionlar ligasida gʻolib chiqdi.

Myunxendagi "Allianz arena" Yevropa chempionlar ligasi finali boʻlib oʻtdi.
Unda Fransiyaning PSJ va Italiyaning "Inter" klublari bahs oʻtkazdi.
Uchrashuvda fransiyaliklar raqibni yirik hisobda yengdi.
PSJ – "Inter" 5:0
Gollar: Hakimi (12, 1:0), Due (20, 2:0), Due (63, 3:0), Kvaratsxeliya (73, 4:0), Mayulu (86, 5:0).
PSJ: Donnarumma, Mendesh (Ernandes, 78), Xakimi, Pacho, Markinos, Ruis (Mayulu, 85), Vitinya, Nevesh (Zair-Emeri, 85), Kvaratsxeliya (Ramush, 85), Dembele, Due (Barkolya, 67).
"Inter": Zommer, Bastoni, Acherbi, Pavar (Bissek, 54: Darmian, 62), Dimarko (Zalevski, 54), Dumfris, Mxitaryan (Karlos Augusto, 62), Chalxanoglu, Barella, Martines, Tyuram.