Ukraina Rossiyaga qarshi yirik operatsiya oʻtkazdi
Unda 40 dan oshiq samolyot yoʻq qilingani aytilmoqda. Operatsiyaga 1,5 yil tayyorgarlik koʻrilgan.

Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) “Pautina” nomli maxsus operatsiya oʻtkazdi, natijada Rossiya strategik aviatsiyasining 41 ta samolyoti urib tushirildi.
Bu haqda “Ukrinform” oʻz manbasiga asoslangan holda xabar berdi.
Operatsiya bir yarim yildan ortiq vaqt davomida tayyorlangan.
Xabar qilinishicha, operatsiyani Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy shaxsan nazorat qilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, UXX dastlab Rossiyaga FVP dronlarini, soʻngra koʻchma yogʻoch uylarni joʻnatgan.
Keyinchalik, Rossiya Federatsiyasi hududida dronlar allaqachon yuk mashinalariga joylashtirilgan uylarning tomlari ostiga yashiringan.
Kerakli vaqtda uylarning tomlari masofadan ochildi, rus bombardimonchi samolyotlarini yoʻq qilish uchun dronlar uchib ketdi, deya taʼkidlaydi “Ukrinform”.
Rossiya mudofaa vazirligi hozircha rasmiy bayonot bergani yoʻq.