platina.uz
Jamiyat

Uzbekistan Airways bolalar kuniga chegirma eʼlon qildi

Chegirma kattalar hamrohligida sayohat qiladigan 2 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun amal qiladi. 

Uzbekistan Airways bolalar kuniga chegirma eʼlon qildi

Uzbekistan Airways yangi chegirma haqida eʼlon qildi.

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bolalar uchun aviachiptalarga kattalar tarifidan 50 foizgacha oshirilgan chegirma taqdim etdi.

Odatda bolalar uchun chegirma 25 foizni tashkil qiladi, ammo faqat shu kuni u ikki baravar koʻpayadi – barcha yoʻnalishlar va barcha muntazam aviaqatnovlar uchun.

Chegirma kattalar hamrohligida sayohat qilayotgan 2 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun amal qiladi.

Yoʻlovchi tashish tarifiga qoʻshimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va qoʻshimcha toʻlovlar belgilanadi va ularga chegirma qoʻllanilmaydi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid