platina.uz
Sport

Murodjon Ahmadaliyev meksikalik bokschini texnik nokautga uchratdi

Bektemir Meliqoʻziyev esa amerikalik Daryus Fulgxemni yengib, WBA kamari uchun daʼvogarga aylandi. 

Murodjon Ahmadaliyev meksikalik bokschini texnik nokautga uchratdi

Oʻzbekistonlik bokschilar Bektemir Meliqoʻziyev va Murodjon Ahmadaliyevlar navbatdagi janglarini oʻtkazdilar.

Bektemir Meliqoʻziyev Las-Vegasdagi boks oqshomida amerikalik Daryus Fulgxemni 12 raundlik jangda magʻlub etdi va WBA kamari uchun daʼvogarga aylandi.

Bokschimiz 12-raundda raqibini nokdaun holatiga tushirib qoʻydi.

Bu Bektemir raqibining faoliyatidagi ilk magʻlubiyatidir.

Meksikada oʻtkazilgan professional boks kechasida Murodjon Ahmadaliyev mezbonlar vakili Luis Kastilio bilan jang oʻtkazdi.

10 raund etib belgilangan jangning 8-raundida Murodjon Ahmadaliyevga raqibi qarshilik koʻrsata olmadi. Hakam bahsni toʻxtatdi va Luis Kastilio texnik nokautga uchragani toʻgʻrisida qaror chiqardi.

Murodjon Ahmadaliyevning professional boksdagi janglari soni 15 taga yetdi. Ulardagi gʻalabalar soni esa 14 tani tashkil qilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid