Mashina oʻgʻirlagan shaxslar 5 yilga qamaldi
Sud jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtashni belgiladi.

Toshkentda mashina oʻgʻirlagan shaxs 5 yilga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudi xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 2024 yil 6 sentabr kuni taxminan tungi soat 2 larda A. oʻzining sinfdoshi M. bilan oldindan til biriktirib, yoʻl chetida turgan “Matiz Best” rusumli avtotransport vositasini oʻgʻirlik yoʻli bilan talon toroj qilish maqsadida, avtomashinaning eshigini kalit tanlash yoʻli bilan ochib, avtotransport vositasini olib qochishgan.
Ular mazkur avtomashinani 7 sentabr kuni soat 20.00. larda Yangihayot tumani xalqa yoʻlida boshqarib ketayotganlarida YHXB tomonidan toʻxtatilib, avtomashina belgilangan tartibda olingan va saqlash uchun Toshkent shahar IIBBga joylashtirilgan.
Sudda aybdorlar oʻz aybiga iqrorlik bildirdi.
Sud ishni har tomonlama sinchiklab koʻrib chiqib, sudlanuvchilarni qilmishini baholab ularni aybdor deb topdi. Har ikkalasiga Jinoyat kodeksining 267-moddasi tegishli bandlari bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtashni belgiladi.