platina.uz
Siyosat

"Harbiy toʻqnashuv ham turgan gap edi": Abdulaziz Komilov 2016 yilgacha Oʻzbekistonning qoʻshnilari bilan munosabati haqida

Shavkat Mirziyoyev prezident boʻlgach, Markaziy Osiyoni tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilab bergan. 

"Harbiy toʻqnashuv ham turgan gap edi":  Abdulaziz Komilov 2016 yilgacha Oʻzbekistonning qoʻshnilari bilan munosabati haqida

Prezidentning tashqi siyosat boʻyicha maxsus vakili, sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning aytishicha, Oʻzbekiston bundan 8-9 yil avval qoʻshni davlatlar bilan harbiy mojaroga tortilishi mumkin edi. Bu haqda u "Ishonch" nashriga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

Diplomat bugungi dunyodagi vaziyat toʻqnashuvlar haqida gapirarkan, ularning aksariyati qoʻshnilar oʻrtasida ketayotganini taʼkidlagan.

U qoʻshni davlatlar bilan munosabatlar yomonlashgan 2016-yillarda Oʻzbekiston ham xavfli vaziyatda boʻlganini taʼkidladi. Agar hamma narsa xuddi shu yoʻnalishda davom etganida, harbiy mojaro yuzaga kelishi mumkin edi.

"Shavkat Miromonovich Mirziyoyev prezident boʻlganidan soʻng Markaziy Osiyoni tashqi siyosatimizning ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilab berdi. Chunki hal qilinmagan koʻplab muammolar yigʻilib qolgan. Qolaversa, ochigʻini aytganda, bu muammolarning koʻpini oʻzimiz ham oʻz qoʻllarimiz bilan yaratganmiz. Agar bu masalalar hal etilmaganida, keskinlik kuchayganida, bu juda ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin edi.

Hurmatli prezidentimiz shuni hisobga olib, 2017 yilda BMT minbaridan turib Markaziy Osiyo tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishiga aylanishini eʼlon qildi. Va juda muhim tashabbus – Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini oʻtkazish boʻyicha tashabbus ilgari surildi.

Bu tashabbusni barcha rahbarlar qoʻllab-quvvatladi”, — dedi Abdulaziz Komilov.

Komilov shuningdek, Oʻzbekistonning Gʻarb, xususan AQSh bilan aloqalarini yuqori baholagan.

Eslatib oʻtamiz, 2022 yil aprelida Abdulaziz Komilov tashqi ishlar vaziri lavozimini tark etgan edi. U ushbu lavozimda 2012 yildan beri faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid