platina.uz
Jamiyat

"Sariosiyo" aeroporti 20 yildan soʻng qayta ish boshladi

30 may kuni aeroport “Silk avia” aviakompaniyasining ilk reysini qabul qildi. 

"Sariosiyo" aeroporti 20 yildan soʻng qayta ish boshladi

"Sariosiyo" aeroporti 20 yildan soʻng qayta faoliyatini boshladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Bugun, 30 may kuni Sariosiyo aeroporti “Silk avia” aviakompaniyasining ilk reysini qabul qildi. Toshkentdan bortida 48 nafar yoʻlovchi bilan uchgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 15:41 da aeroportga kelib qoʻndi. Yoʻlovchilar anʼanaviy suv arkasi va milliy kuy-qoʻshiqlar bilan kutib olindi.

Avval xabar qilinganidek, viloyat aeroportida aerodromning sunʼiy yuzalarida, yaʼni uchish-qoʻnish yoʻlagi, burilish yoʻlakchasi va samolyotlar uchun turish joylarida kapital taʼmirlash ishlari olib borildi. Ushbu rekonstruksiya ishlaridan soʻng aeroport 29 aprel kuni birinchi texnik parvozni qabul qildi.

Bir oy ichida 1100 kvadrat metr maydon va soatiga 100 nafargacha yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega yangi terminal qurish boʻyicha barcha ishlar yakunlandi.

Toshkent - Sariosiyo - Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlar haftasiga ikki marta - chorshanba va juma kunlari Silk Avia aviakompaniyasining tomonidan ATR-72-600 havo kemalarida amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid