Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
Zulhijja oyining birinchi kuni 28 may, chorshanba kuniga toʻgʻri kelgandi.

Oʻzbekistonda. Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi.
Bu yilgi Qurbon hayiti 6 iyunga toʻgʻri kelmoqda.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazi Zulhijja oyining birinchi kuni 28 may, chorshanba kuniga toʻgʻri kelganini maʼlum qildi.
Hijriy-qamariy yil hisobi boʻyicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi. Shunga koʻra, Oʻzbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 6 iyun, juma kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda.
Bu maʼlumot bugun, 30 may kungi juma namozlarida ham tasdiqlangan.
Eslatib oʻtamiz, Qurbon hayiti 2024 yilda 16 iyun kuni nishonlangandi.