platina.uz
Siyosat

Prezident "Markaziy Osiyo – Italiya" sammitida qatnashadi

Sammit 30 may kuni Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida boʻlib oʻtadi. 

Prezident "Markaziy Osiyo – Italiya" sammitida qatnashadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Joʻmart Toʻqayevning taklifiga binoan 30 may kuni Ostona shahrida boʻlib oʻtadigan "Markaziy Osiyo – Italiya" formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi.

Tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya Bosh vaziri ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Kun tartibiga muvofiq, koʻp qirrali hamkorlikni, eng avvalo "yashil" iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va taʼlim sohalarida yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid