platina.uz
Jamiyat

Rossiya va Qozogʻistondan keltirilgan 5 mlrd 353 mln soʻmlik dori vositalari toʻxtatib qolindi

Noqonuniy olib kelingan dorilarni yuk mashinalaridan tushirib qoldirilishiga zamin yaratgan “Yallama” chegara-bojxona posti inspektori harakatlariga huquqiy baho beriladi. 

Rossiya va Qozogʻistondan keltirilgan 5 mlrd 353 mln soʻmlik dori vositalari toʻxtatib qolindi

Rossiya va Qozogʻistondan noqonuniy olib kelingan 5 mlrd 353 mln soʻmlik dori vositalari toʻxtatib qolindi

Mamlakatimizga sifati kafolatlanmagan tovarlarni noqonuniy yoʻllar bilan olib kirilishiga qarshi tezkor tadbir oʻtkazildi.

Xususan, Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikasidan yurtimizda faoliyat yurituvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatlar nomiga yuborilgan tovarlar ortilgan 2 ta “GAZ” rusumli yuk avtotransport vositalari Toshkent viloyatidagi “Yallama” chegara-bojxona postiga “qizil yoʻlak”da kirib kelganlaridan soʻng, ularni toʻliq bojxona koʻrigidan oʻtkazish maqsadida bojxona xodimi kuzatuvi ostida, belgilangan manzil bojxona postiga yoʻnaltirildi.

Lekin, yarim yoʻlda bojxona xodimi mashinalarni belgilangan manzilgacha kuzatib bormasdan, ularni nazoratsiz qoldirib, erkin harakatlanishlariga zamin yaratgan.

Bundan foydalangan haydovchilar yoʻnalishni oʻzgartirib, Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi, 1966 y.t. fuqaroning xonadoniga borishgan.

Soʻngra Rossiya va Qozogʻistondan kitob, aksessuar va kiyim-kechaklar orasiga yashirgan holda olib kelingan, tegishli hujjatlari boʻlmagan, “Aktovegin”, “Kleksan”, “Remaksol” kabi 214 nomdagi jami 52459 dona dori vositalarini yuk mashinasiga oʻrnatilgan bojxona muhrini buzmagan holda xonadonga tushirib, belgilangan manzil bojxona posti tomon yoʻlga chiqqan vaqtlarida ular Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona qoʻmitasining shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.

Taʼkidlash lozimki, sifati kafolatlanmagan ushbu dori vositalarining umumiy qiymati 5 mlrd 353 mln soʻmni tashkil etadi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan Qozogʻiston Respublikasi fuqarosi mazkur tovarlarni qoʻshni davlatdan mamlakatimizga oʻtkazib berishlari evaziga yuk avtomashinalari haydovchilariga 2000 AQSh dollari vaʼda qilganligi maʼlum boʻldi.

Hozirda yuk mashinalari haydovchilari va dori vositalari tushirilgan Yuqori Chirchiq tumanidagi xonadon egasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, xizmat majburiyatini toʻlaqonli bajarmay, xorijdan noqonuniy olib kelingan dori vositalarini yuk mashinalaridan tushirib qoldirilishiga zamin yaratgan “Yallama” chegara-bojxona posti inspektorining xatti-harakatlariga nisbatan tergov davomida huquqiy baho beriladi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid