platina.uz
Jamiyat

Mebelsozlik mahsulotlari importida 1 foizlik stavka qoʻllaniladi

2025 yil 1 iyuldan oʻz xonadonida faoliyat yuritadigan YaTTlarga mebel mahsulotlarini tayyorlash faoliyati bilan shugʻullanish huquqi beriladi.

Mebelsozlik mahsulotlari importida 1 foizlik stavka qoʻllaniladi

Mebel va yogʻochsozlik sanoati rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

“Mebel va yogʻochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-193-son, 27.05.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2025–2028 yillarda mebel va yogʻochsozlik sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- mebel va yogʻochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 30 foizga oshirish;

- eksport hajmini 100 mln AQSh dollariga yetkazish;

- sohada 50 ming nafar aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash.

2029 yil 1 yanvargacha Qarorda belgilangan mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona boji 1 foiz stavkada qoʻllaniladi.

2025 yil 1 iyuldan oʻz xonadonida faoliyat yuritadigan YaTTlarga mebel mahsulotlarini tayyorlash faoliyati bilan shugʻullanish huquqi beriladi.

2025 yil 1 avgustdan mahalliy mebel texnologlari uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi nufuzli tashkilotlarning sohaga tegishli boʻlgan malaka sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid