Dollar kursi sezilarli miqdorda pastladi
Ayni damda bir AQSh dollari 12 768,26 soʻmni tashkil etmoqda.

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 3 kun ichida 170 soʻmdan oshiqroqqa pastladi.
30 may holatida koʻra, bir AQSh dollari kursi 62,87 soʻmga pastlab, 12 768,26 soʻmni tashkil etdi.
Yevro kursi 142,76 soʻmga tushdi va 14 400,04 soʻm boʻldi. Funt-sterling 17 197,57 soʻm (-138,57).
Rossiya rubli 162,63 soʻm etib belgilandi (+1,56).

Dollarning soʻnggi bor koʻtarilishi 27 may kuni sodir boʻlgandi. Oʻshanda ushbu valyuta 12 939,93 soʻm boʻlgandi.