platina.uz
Sport

"Chelsi" Konferensiyalar ligasida gʻolib chiqdi

Klub Yevropa miqyosidagi barcha musobaqalarda gʻolib boʻlgan ilk jamoaga aylandi. 

"Chelsi" Konferensiyalar ligasida gʻolib chiqdi

Londonning "Chelsi" klubi Yevropa Konferensiyalar ligasida gʻolib chiqdi. Ispaniyaning "Betis" klubiga qarshi oʻyin Polshada boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida ispanyaliklar vakili Abde Ezzalzuli hisobni ochdi.

66-daqiqada londonliklar yarimhimoyachisi Enso muvozanatni tikladi.

70-daqiqada Jekson "Chelsi"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

83-daqiqada zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan Jeydon Sancho oradagi farqni ikktaga oshirdi.

90+1-daqiqada Kaysedo hisobni yanada yiriklashtirdi.

Shu tariqa londonliklar Konferensiyalar ligasi gʻolibi boʻldi va Yevropa miqyosidagi barcha musobaqalarda zafar quchgan ilk klubga aylandi. U avval YeChL va YeL kuboklarini ham yutgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid