platina.uz
Jamiyat

Taniqli akademik vafot etdi

Janoza 28 may kuni peshin namozidan soʻng Zangiota ziyoratgohida boʻlib oʻtadi.

Taniqli akademik vafot etdi

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekiston milliy universiteti Matematik analiz kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, taniqli matematik olim Azimboy Saʼdullayev 78 yoshida vafot etdi.

Azimboy Saʼdullayev oʻzining boy ilmiy merosi, fidokorona mehnati, yuqori salohiyatli pedagoglik faoliyati, halolligi va insoniy fazilatlari bilan eʼtirofga sazovor boʻlgan.

Marhum tomonidan yaratilgan ilmiy maktab, yetishtirilgan shogirdlar va olib borilgan fundamental tadqiqotlar nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham eʼtirof etilgan. Olimning "Koʻp kompleksli oʻzgaruvchili funksiyalar nazariyasi" va "Kompleks potensiallar nazariyasi" sohasidagi ilmiy ishlari dunyo matematiklarining hurmatini qozongan.

Maʼlumot uchun: janoza 2025 yil 28 may kuni peshin namozidan soʻng Zangiota ziyoratgohida boʻlib oʻtadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid