Taniqli aktyor Mixail Kaminskiy vafot etdi
U "Shaytanat", "Nazira", "Qoʻrgʻoshin", "Yetti haykal, bitta kal" kabi filmlarda rollar ijro etgan.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, taniqli kino va teatr aktyori Mixail Kaminskiy vafot etdi.
Bu haqda Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.
Mixail Kaminskiy 1953 yilda tugʻilgan. Uzoq ijodiy hayoti davomida Rossiya yosh tomoshabinlar teatri va Toshkent rus teatrida aktyor boʻlib ishlagan. 1998 yildan "Aladdin" teatrining badiiy rahbari. 2022 yildan VGIK Toshkent filiali qoshidagi aktyorlik toʻgaragiga rahbarlik qilgan.
Kaminskiy koʻplab rollari bilan oʻzbek tomoshabiniga tanish. Jumladan, "Shaytanat", "Nazira", "Qoʻrgʻoshin", "Yetti haykal, bitta kal" kabi filmlarda turli rollarni ijro etgan.