Olmazor tuman prokuraturasi sobiq tergovchisi 12 yilga qamaldi
U 20 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotganda ushlangan.

2025 yil 2 may kuni jinoyat ishlari boʻyicha Bektemir tuman sudi sud binosida Olmazor tumani prokuraturasi sobiq tergovchisi va uning sheriklariga nisbatan sud hukmi oʻqildi. Sud ishi Platina.uz ixtiyorida mavjud.
Maʼlum boʻlishicha, XX sherigi, MChJ huquqshunosi XXX bilan til biriktirib Cobalt” rusumli avtomashinani taqdim qilib, bank va jamiyat oʻrtasida “ofis binosini qayta ixtisoslashtirish uchun aylanma mablagʻlarni shakllantirish” uchun 2020 yil 21 sentabrda tuzilgan kredit shartnomasiga asosan 500.000.000 soʻm kredit ajratilishiga erishganlar.
Shundan soʻng 211.773.000 soʻmni XXXning nomiga ochilgan plastik kartaga “Mobilbanking” ilovasi orqali oʻtkazib, ushbu pulni Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan XXXga nisbatan yuritilgan ish boʻyicha aniqlangan moddiy zararni qoplash maqsadida 2020 yil 24 sentabrda memorial order orqali toʻlaganlar, qolgan 229.000.000 soʻm qismini esa oʻzlarining boshqa shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborishlari natijasida bank tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlarini maqsadsiz sarflab, oʻzlariga ishonib topshirilgan juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganlar. Shundan soʻng, XXX va XXXlar ushbu ajratilgan 500.000.000 soʻm kredit goʻyoki maqsadli sarflanganligini koʻrsatish maqsadida bankka soxta schyot-faktura taqdim etganlar.
Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi boʻlib ishlagan XXXX oʻz ish yurituvida boʻlgan XXX ishi yuzasidan ayblanuvchini qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashini bildirib, ushbu ehtiyot chorasini qoʻllamaslik evaziga vositachi XXX orqali XXXdan 30.000 AQSh dollari miqdorida pora berishni talab qilgan. Soʻngra kelishilgan 30.000 AQSh dollaridan 20.000 AQSh dollarini XXXdan olgan vaqtida tezkor tadbirda ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Uch ayblanuvchidan ikkitasi aybiga qisman iqrorlik bildirdi, ammo sobiq prokuratura tergovchisi sudda aybini boʻyniga olmadi.
Yakuniy hukmga koʻra, birinchi ayblanuvchiga 8 yil 4 oy 29 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoldirildi. Ikkinchi ayblanuvchiga esa holda,
12 yil 11 oy 28 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi.
Sobiq tergovchiga esa prokuratura organlarida ishlash hamda muassasa, korxona va tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sud ishi Oliy sud portalidan olindi.