Jennifer Lopes Toshkentda konsert beradi
Konsert 7 avgust kuni "Bunyodkor" stadionida boʻlib oʻtadi.

Toshkentda amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi Jennifer Lopesning konserti boʻlib oʻtadi.
Sanʼatkor 7 avgust kuni “Milliy” (Bunyodkor) stadionida “Up All Night – Live Inn 2025” jahon turnesi doirasida chiqish qiladi. Bu uning Oʻzbekistondagi birinchi konserti boʻladi.
Chiptalar tez orada sotuvga chiqariladi.
Tashkilotchi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi sanaladi.
Jennifer Lopes 10 avgust kuni Qozogʻistonning Olmaota shahrida ham konsert beradi.