Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Oʻzbekistonga keldi
Uni Samarqand aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni 28 may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida Bosh vazirni davlatimiz rahbari kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 29 may kuni boʻlib oʻtadi.
Oliy darajadagi muzokaralar va boshqa qator ikki tomonlama tadbirlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.