platina.uz
Jamiyat

"Ucell"ning ommaviy ofertasiga oʻzgartirishlar kiritildi

Kompaniya shartlarga moddiy va maʼnaviy zarar uchun ham javobgarlikni nazarda tutuvchi bandlar joriy etdi. 

"Ucell"ning ommaviy ofertasiga oʻzgartirishlar kiritildi

UCELL (“COSCOM” MChJ) ommaviy ofertasi qonunchilik talablariga muvofiqlashtirildi.

Raqobat qoʻmitasiga fuqaro V.K. tomonidan murojaat kelib tushgan. Unda Ucell (“COSCOM” MChJ) uyali aloqa operatori tomonidan taqdim etilayotgan ommaviy oferta shartlarida maʼnaviy zararni qoplash bilan bogʻliq holatlarda isteʼmolchilar huquqlarini cheklovchi talablar mavjudligi bildirilgan hamda ushbu shartlarni qonunchilikka muvofiqlashtirishda amaliy yordam soʻralgan.

Murojaat boʻyicha Qoʻmita tomonidan oʻtkazilgan tahlillar davomida, “Ucell”ning “PREPAID” tizimida uyali aloqa xizmatlarini taqdim etishga doir ommaviy ofertasida, tomonlar faqat toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazilgan zararlar uchungina javobgar hisoblanishi, shu jumladan maʼnaviy zarar va boy berilgan daromad uchun javobgarlik belgilanmagani aniqlandi.

“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” va “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunlariga muvofiq xizmat lozim darajada koʻrsatilmagan hollarda moddiy va maʼnaviy zarar qoplanishi shart, isteʼmolchi huquqlarini cheklovchi shartlar mavjud shartnomalar esa haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Yuqoridagilarga koʻra, Qoʻmita tomonidan “Ucell”(“COSCOM” MChJ)ga ommaviy ofertani qonunchilikka muvofiq qayta koʻrib chiqish boʻyicha koʻrsatma berildi. Natijada, kompaniya shartlarga moddiy va maʼnaviy zarar uchun ham javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid