platina.uz
Jamiyat

Suv taʼminoti tizimini raqamlashtirish uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 125 million dollar jalb etildi

Bu loyiha doirasida besh yilda yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga 4 ming 800 ta “aqlli” hisoblagich va qariyb 3 mingta telemetriya tizimi oʻrnatiladi.

Suv taʼminoti tizimini raqamlashtirish uchun Osiyo taraqqiyot bankidan  125 million dollar jalb etildi
Foto: Prezident matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbariga ichimlik suvi va oqova tarmoqlarini kengaytirish borasidagi ishlar yuzasidan axborot berildi.

Aholining turmush sifati va salomatligida gʻoyat muhim boʻlgan bu yoʻnalish izchil kengaytirib borilmoqda. Ijtimoiy va hududiy dasturlar doirasida koʻplab inshootlar barpo etilmoqda. Hozirga kelib, aholi mavzelarining 81 foizi ichimlik suvi, 20 foizi oqova tizimi bilan taʼminlangan.

Bu yil 1 ming 619 kilometr ichimlik suvi, 521 kilometr oqova suv tarmoqlarini tortish, 162 ta inshootni qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Bularning natijasida 715 ming aholiga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi yetib boradi, yana 400 ming nafari oqova xizmati bilan qamrab olinadi.

Mutasaddilar shu boradagi ishlarning bajarilishi boʻyicha axborot berdi.

Xalqaro moliya institutlari ishtirokida 21 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Bu yil 800 million dollarlik ishlarni bajarib, 138 ta suv inshootini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Osiyo taraqqiyot banki va Germaniya tarraqiyot banki bilan loyiha oldi moliyalashtirish boʻyicha yaxshi tajriba yoʻlga qoʻyildi. Bunda pudratchi va loyihachi oldindan tanlangani uchun amaliy ishlar boshlanishi tezlashdi. Kelgusida barcha loyihalarda shu tartibni qoʻllash maqsadga muvofiqligi aytildi.

Suv taʼminoti tizimini raqamlashtirish uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 125 million dollar jalb qilingan. Bu loyiha doirasida besh yilda yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga 4 ming 800 ta “aqlli” hisoblagich va qariyb 3 mingta telemetriya tizimi oʻrnatiladi.

Sohada xalqaro hamkorlik va xususiy sheriklik rivojlanib borayotganidan kelib chiqib, ushbu talablarga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash zarurligi taʼkidlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid