Pop tumaniga yangi hokim tayinlandi
Tumanning avvalgi rahbari salomatligi tufayli isteʼfoga chiqdi.

Murodxoʻjayev Gʻulomjon Sobitxoʻjayevich Pop tumani hokimi etib tayinlandi. Bugun oʻtgan sessiyada deputatlar bu qarorni bir ovozdan tasdiqladilar.
Xalq deputatlari Pop tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov maʼruza qildi.
Viloyat rahbari keyingi yillarda Pop tumanida olib borilgan ishlar, erishilgan yutuqlar haqida toʻxtalib, hozirga qadar Pop tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Aʼzamjon Sultanov salomatligiga koʻra vazifasidan ozod etish haqida ariza yozganini maʼlum qildi.
Gʻ.Murodxoʻjayev bungacha viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlab kelayotgan edi.