platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonda eng koʻp foyda olayotgan sugʻurta kompaniyalari ochiqlandi

Eng yuqori daromad qayd etgan kompaniyalar qatorida “APEX Insurance” (34,5 mlrd soʻm), “Oʻzbekinvest” (16,7 mlrd soʻm) hamda “Alskom sugʻurta” (13,1 mlrd soʻm) bor. 

Oʻzbekistonda eng koʻp foyda olayotgan sugʻurta kompaniyalari ochiqlandi

Oʻzbekistonda qaysi sugʻurta kompaniyalari eng koʻp foyda olmoqda? Pinkod nashri bu haqda maʼlumotlarni taqdim etdi.

2025 yil dastlabki uch oyi yakuni boʻyicha bir qator sugʻurta kompaniyalari ijobiy moliyaviy koʻrsatkichlarni qayd etgan boʻlsa, ularning ayrimlari chorakni zarar bilan yakunladi.

Ochiq maʼlumotlar asosida sugʻurta kompaniyalari joriy yil birinchi choragida qancha sof foyda olganini oʻrganib chiqildi.

10 mlrd soʻmdan ortiq sof foyda olganlar:

KompaniyaSof foydaOʻsish foizi
APEX Insurance34,5 mlrd soʻm-60%
Oʻzbekinvest16,7 mlrd soʻm+20,3%
“Alskom Sugʻurta13,1 mlrd soʻm+18 568%

Eng yuqori daromad qayd etgan kompaniyalar qatorida “APEX Insurance” (34,5 mlrd soʻm), “Oʻzbekinvest” (16,7 mlrd soʻm) hamda “Alskom sugʻurta” (13,1 mlrd soʻm) bor. “Alskom” kompaniyasining foydasi 18 568 foizga oshgan boʻlib, bu eng yuqori oʻsish surʼatidir. APEX Insurance’da esa sof foyda eng yuqori ekanligiga qaramasdan, mazkur koʻrsatkich oʻtgan yil mos davriga nisbatan 60 foizga pasaygan.

1 mlrddan 10 mlrd soʻmgacha foyda koʻrganlar:

KompaniyaSof foydaOʻsish foizi
Kafolat Sugʻurta9,98 mlrd soʻm-69,4%
EUROASIA INSURANCE7,3 mlrd soʻm+87,3%
Hamkor Sugʻurta6,7 mlrd soʻm+19,7%
SQB Insurance6,4 mlrd soʻm+12,7%
Kafil-Sugʻurta5,86 mlrd soʻm+223,1%
Mosaic Insurance Group5,8 mlrd soʻm-65,7%
Ingo-Uzbekistan Sugʻurta4,6 mlrd soʻm+119,7%
Imkon Sugʻurta4,3 mlrd soʻm -20%
Kapital Sugʻurta2,5 mlrd soʻm+246,2%
Gross Sugʻurta2,1 mlrd soʻm+78,9%
Impex-Insurance2 mlrd soʻm+23 735%
Xalq sugʻurta1,7 mlrd soʻm-10,6%
Apex Life Insurance1,5 mlrd soʻm+28,7%
ARIA sugʻurta1,4 mlrd soʻm-0,2%
Neo Insurance Corp1 mlrd soʻm+54,7%

Kafolat Sugʻurta, “Hamkor sugʻurta”, “SQB Insurance”, “Kafil-sugʻurta”, “Imkon sugʻurta” va “Ingo-Uzbekistan Sugʻurta” singari kompaniyalar ham 4-10 milliard soʻm oraligʻida sof foyda qayd etib, oʻz segmentlarida kuchli oʻyinchiligini namoyish qildi.

100 mln soʻmdan 1 mlrdgacha foyda koʻrganlar:

KompaniyaSof foydaOʻsish foizi
OʻzbekInvest Hayot966 mln soʻm+125,28%
Alfa Life Insurance682,7 mln soʻm+222,4%
Universal sugʻurta588,8 mln soʻm+30,65%
Global Insurance Group574,8 mln soʻm+358,2%
INSON sugʻurta513 mln soʻm+454,8%
Kafolat Hayot Insurance457,3 mln soʻm+383,2%
Trust Insurance234,8 mln soʻm+710%
Infinity Insurance226,4 mln soʻm-55,75%
My Insurance147,8 mln soʻm-92,16%
Temiryoʻl-Sugʻurta116,7 mln soʻm-45,18%

100 mln soʻmdan kam foyda olganlar:

KompaniyaSof foydaOʻsish foizi
Semurg‘ Insurance90,6 mln soʻm+110,5%
Farovon sugʻurta74,7 mln soʻm-47,75%
Alfa Invest sugʻurta23,4 mln soʻm-99,3%

Zarar koʻrgan kompaniyalar:

KompaniyaSof foydaSof foyda oʻsishi
Agros Hayot-47,5 mln soʻm+99,62%
Euroasia Life Insurance-48,4 mln soʻm-620,2%
IShONCh sugʻurta−475,4 mln soʻm-51,8%
TBC sugʻurta-598,4 mln soʻm*
Oʻzagrosugʻurta-940,85 mln soʻm+76,17%
Asia Insurance-2,4 mlrd soʻm-183,4%

Boshqa tomondan, bir qancha sugʻurta kompaniyalari moliyaviy jihatdan chorakni salbiy natijalar bilan yakunladi. Jumladan, “Asia Insurance” (−2,4 mlrd soʻm), “TBC sugʻurta” (−598,4 mln soʻm), “Oʻzagrosugʻurta” (−940,85 mln soʻm) va “IShONCh sugʻurta” (−475,4 mln soʻm) kabi kompaniyalar zarar koʻrgan.

Avvalroq eng koʻp foyda koʻrgan banklar haqida maʼlumot berilgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid