platina.uz
Sport

Normat Tursunov tibbiyot sohasi uchun 10 mlrd soʻm ajratdi

Pullar Xatirchi tumanidagi tibbiyot muassasalarida kutish joylarida qulay oʻrindiqlarni koʻpaytirib, navbatni tartibga keltirish, “ona va bola” xonalarini tashkil qilish, issiq suv tizimi va boshqalarga sarflanadi. 

Normat Tursunov tibbiyot sohasi uchun 10 mlrd soʻm ajratdi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov mablagʻ ajratish boʻyicha farmoyishni imzoladi. Farmoyish 2025 yil 26 may kuni eʼlon qilingan.

Unga koʻra, Xatirchi tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tibbiyot muassasalaridagi kutish joylarida qulay oʻrindiqlarni koʻpaytirib, navbatni tartibga keltirish, “ona va bola” xonalarini tashkil qilish, nogironligi boʻlgan fuqarolar erkin harakatlanishi uchun kirish-chiqish joylari, xona va yoʻlaklarda inklyuziv muhitni yaratish, qoʻl yuvishga issiq suvi bor pokiza hojatxonalarni tashkil etish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tajriba sinov loyihasini joriy qilish bilan bogʻliq zarur xarajatlar uchun viloyat mahalliy budjetining 2025 yil I chorak daromadlarni rejadan orttirilib bajarilgan qismi hisobidan 10,0 mlrd. soʻm mablagʻni quyidagicha yoʻnaltiriladi:

- Xatirchi tuman tibbiyot birlashmasiga 5 mlrd soʻm:

-viloyat hokimligi "Yagona buyurtmachi xizmati" DUKka 5 mlrd soʻm.

Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari R. Sulaymonov zimmasiga yuklangan.

Avvalroq Fargʻona viloyati hokimi byudjetdan 10 mlrd ajratgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid