platina.uz
Jamiyat

IIV "Credit House" ishi boʻyicha bayonot berdi

Umumiy 209 mlrd 263 mln soʻm zarar aniqlangan. Ishga aloqador 5 nafar shaxsga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, tergov harakatlari davom etmoqda.

IIV "Credit House" ishi boʻyicha bayonot berdi

IIV huzuridagi Tergov departamenti "Credit House" ishi boʻyicha maʼlumot berdi.

Toshkent shahrida fuqarolarga koʻp qavatli uylarni shartnoma orqali muddatli toʻlov asosida sotish bilan shugʻullangan “IN-FIN-STORY INVEST” va “CREDIT HOUSE” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi IIV huzuridagi Tergov departamenti ish yurituviga olingan.

Mazkur jinoyat ishi doirasida 800 nafar fuqarolar jabrlanuvchi deb topilgan.

Umumiy 209 mlrd 263 mln soʻm zarar aniqlangan. Ishga aloqador 5 nafar shaxsga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Hozirda, Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari polkovnik Ramazon Ashropov boshchiligida tegishli mutaxassislar jalb etilgan holda Maxsus tezkor shtab tuzilgan boʻlib, IIV Transport va turizm obʼektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti binosida har kuni soat 09-00dan 21-00ga qadar ish olib bormoqda.

"Tergovni har tomonlama toʻliq amalga oshirish uchun “IN-FIN-STORY INVEST” va “CREDIT HOUSE” MChJ faoliyatidan jabrlangan fuqarolardan Tezkor shtabga murojaat qilishlarini soʻraymiz", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid